Afrindagi harbiy amaliyotlarda yana 2 askar halok bo'ldi

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyotda yana 2 askar halok bo’ldi, 11 askar yaralandi.

898496
Afrindagi harbiy amaliyotlarda yana 2 askar halok bo'ldi

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyotda yana 2 askar halok bo’ldi, 11 askar yaralandi.

Bu haqda harbiy bosh shtab bayonot berdi.

“Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyotning 8-kuni PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh jangarilari bilan turk askarlari o’rtasida sodir bo’lgan otishmada Turkiya qurolli kuchlari safidan 2 askar halok bo’ldi. 11 askar yengil jarohat oldi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, Turkiya qurolli kuchlariga yordam berayotgan Suriya ozodlik armiyasidan ham 2 kishi halok bo’lgan, 4 kishi yaralangan.

Otishmalarda 53 jangari yo’q qilingan.

Harbiy amaliyotlar boshlangandan beri yo’q qilingan jangarilar soni jami 484 nafarni tashkil qilganligi va “Zaytun novdasi” deb nom berilgan harbiy amaliyot muvaffaqiyatli davom etayotganligi ma’lum qilindi.

Harbiy amaliyotlar doirasida jangarilarga oid ko’plab boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari bo’lib jami 42 ta ob’yekt portlatildi.

Eslatish joizki, Turkiya qurolli kuchlari “Zaytun novdasi” deb nom berilgan harbiy amaliyotni BMT Xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi qarori, BMT shartnomasida o’rin olgan “o’zini mudofaa qilish huquqi” doirasida, qolaversa Suriyaning hududiy yaxlitligiga hurmat ko’rsatilgan holda ijro etilgani qayd etildi.

Harbiy amaliyotlarda faqatgina jangarilarga tegishli boshpanalar, terror ob’yektlari, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari nishonga olinmoqda, tinch aholi va begunoh insonlarning jabrlanishini oldini olish maqsadida juda ehtiyotkoronalik bilan harakat qilingani ma’lum qilindi.

Eslatma: Turkiya qurolli kuchlarining “Zaytun novdasi” deb nom berilgan harbiy amaliyoti mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida yo’lga qo’yilgan bo’lib, Suriya shimoli-g’arbida joylashgan Afrin tumanidagi PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh jangarilarini yo’q qilish, do’st va qardosh Suriya xalqini terror zulmidan qutqarishni maqsad qiladi.

Harbiy amaliyotlar shu yilning 20 yanvar shanba kuni soat 17:00da boshlangan edi.

 



Aloqador xabarlar