Kalin: “Bosniya va Gertsegovinadagi separatist so’zlar, Bolqonga yaxshilik olib kelmaydi”.

Ibrahim Kalin, Bosniya va Gertsegovina poytaxti Sarayevoda ishtirok etgan panel ortidan matbuot a’zolari bilan uchrashuv o’tkazdi.

897676
Kalin: “Bosniya va Gertsegovinadagi separatist so’zlar, Bolqonga yaxshilik olib kelmaydi”.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin, Turkiyaning Bosniya va Gertsegovinani xavfsiz va barqaror bir davlat sifatida ko’rmoqchi ekanligini qayd etdi.

Ibrahim Kalin, Bosniya va Gertsegovina poytaxti Sarayevoda ishtirok etgan panel ortidan matbuot a’zolari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Kalin, Bosniya va Gertsegovinadagi separatist so’zlarning Bolqonga yaxshilik olib kelmasligini eslatib, Turkiyaning Bosniya va Gertsegovinada tinchlik va xavfsizlikni to’lig’i bilan ko’rishni xohlaganligini qayd etdi.

Bosniya va Gertsegovinadagi ikkita ma’muriy hududiy bo’linishdan biri bo’lgan Serbiya respublikasidan kelgan separatist so’zlarning, tashvishlantiruvchi ekanligini ifoda etgan Kalin, buning nafaqat Turkiyaning balki, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ko’rishni xohlagan dunyoning boshqa davlatlarini ham tashvishga solganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi, separatist so’zlarning Bolqonga aslo yaxshilik olib kelmasligini ifoda etdi.

Bosniyaliklarning urushda ko’p yo’qotishlarga uchraganligini va ana shu davrning oqibatida tashkil etilgan tuzilishning qoniqarli emasligini eslatgan Kalin, tuzilishning yo’q deganda konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlaganligini va bundan boshqa har qanday yo’lning “Pandora qutisi”ni ochib yuborishi mumkinligini qayd etdi.   

Rossiyaning mintaqaga ko’rsatgan ta’sirini ham baholagan Kalin, Turkiyaning, Rossiya doxil dunyodagi barcha do’stlariga, Bolqonda tinchlik va barqarorlikni himoya qilish kerakligi masalasini tafsiya qilganligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar