Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi

Chavushog’li Eron va Rossiya Suriyada qatliom sodir qilayotgan Asad rejimini to’xtatishi kerakligini ma’lum qildi.

885182
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

Chavushog’li Eron va Rossiya Suriyada qatliom sodir qilayotgan Asad rejimini to’xtatishi kerakligini ma’lum qildi.

Chavushog’lining ta’kidlashicha, Asad kuchlari Idlibda sulh bitimini oyoq osti qilmoqda, tinch aholi va muxolifatni nishonga olmoqda.

Shu sababli Eron va Rossiya Suriyadagi kafolatchilik mas’uliyatini bajarishi kerak.

“Idlibga nafaqat havodan hujum qilinmoqda. Balki rejim ichkariga bostirib kirmoqda. Mana shu sababdan ikki davlatning elchilarini chaqirib ogohlantirdik. Sulh bitimi qoidalarining 95%ini rejim tarafdori bo’lgan guruhlar buzmoqda. Maqsad nima? Bu jarayondan foydalanib, tinchliksevar muxolifatni va tinch aholini yo’q qilishmi?”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li.

Mavlud Chavushog’li: “Agar maqsad hujumlar orqali ba’zi istaksiz muxolif guruhlarni Rossiyaning Sochi shahrida o’tkaziladigan Suriya milliy muloqot kongressiga qatnashishiga zamin yaratish bo’lsa, bu katta xato bo’ladi”,-dedi.

Chavushog’lining fikricha, mazkur oy oxirida Rossiyaning Sochi shahrida o’tkaziladigan muzokaralardan ijobiy natija olish uchun to’qnashuvlarni to’xtatish kerak.

Asad kuchlari muxolif guruhlarga hujumni davom ettirar ekan, muxoliflarning muzokaralarga qatnashishi amri mahol.

Chavushog’li: “Sochiga jangari guruhlar taklif qilinmasligi kerak. Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkorli PYD-YPG borgan joyga biz aslo bormasligimizni aytdik. Sochidagi muzokaralarda terror guruhlari vakillari ishtirok etsa, bu jarayonga putur yetkaziladi”,-dedi.

Turkiya qurolli kuchlari sulh bitimini oyoq osti qilish holatlarini kuzatish maqsadida Idlibga joylasha boshlaganligini ta’kidlagan Chavushog’li, Idlibda Turkiya qurolli kuchlari 4 ta kuzatish markazi tashkil qilinganligini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar