Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan chet elliklar qo’lga tushdi

Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan chet elliklar qo’lga tushdi. Ular orasida ayollar va yosh bolalarning ham borligi aniqlandi.

883624
Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan chet elliklar qo’lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyatining Yayladag’i tumanida Suriya chegarasidan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirganligi aniqlangan chet ellik 62 kishi qo’lga tushdi.  

Jandarmeriya xodimlari Suriya chegarasidagi “Guvechchi” nomidagi politsiya uchastkasining javobgarchiligidagi maydonda nazorat ishlari yuritar ekan natijada, Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan ko’pchilikning borligini aniqladi.

Xavfsizlik xodimlari tomonidan qo’lga tushirilgan chet elliklarning suriyalik ekanliklari aniqlandi. Aytib o’tish joizki ular orasida ayollar va bolalarning ham borligi qayd etilmoqda.

Ular hozirda, xavfsizlik jihatdan tekshiruvdan o’tkazilish maqsadida politsiya uchastkasiga olib ketildi.

 



Aloqador xabarlar