Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidentiga dalda berdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ko’rsatgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.

880908
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidentiga dalda berdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda Eronda 28 dekabr kuni boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari muhokama qilindi.

Erdo’g’an Turkiya sifatida Eronning ommaviy tinchlik va farovonligini saqlab qolishga ahamiyat berganligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning xalq tinchliksevar maqsadlarda namoyishlar o'tkazishga haqli ekanligi va qonunning buzilishi hamda davlat mulkiga zarar yetkazilishi bo'yicha holatlarga yo'l qo'ymaslik haqidagi bayonotini taqdirladi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ko’rsatgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirib, namoyishlarning bir necha kun ichida to’xtatilishidan umidvorligini tilga oldi.



Aloqador xabarlar