Tashqi ishlar vazir Mevlut Chavusho'g'lu juda ko'p masalani muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazir Mevlut Chavusho’g’lu, Erondagi namoyishlarni faqat ( Isroil  Bosh vaziri Benjamin Netanyahu va ( Amerika qo’shma shtatlari Prezidenti Donald Tramp qo’llab- quvvatladi dedi.

881114
Tashqi ishlar vazir Mevlut Chavusho'g'lu juda ko'p masalani muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazir Mevlut Chavusho’g’lu, Erondagi namoyishlarni faqat ( Isroil  Bosh vaziri Benjamin Netanyahu va ( Amerika qo’shma shtatlari Prezidenti Donald Tramp qo’llab- quvvatladi dedi.

Anqarada jurnalistlar  bilan  yil so’ngi  muhokama yig’ilishi o’tkazgan Chavusho’g’lu, Eronda norozilik namoyishi   tezda  to’xtasin va  barqarolik takror o’rnatilsin deb qayd etdi.

Eronni tanqid qilgan o’lkalar samimiy va ikki yuzlamachilikdan uzoq  bo’lishi kerak degan Chavusho’g’lu, demokratiyani tildan tashlamaganlar 2013- yilida Misrda uyushtirilgan harbiy to’ntarishni himoya qildilar deb qayd etdi.

Chavusho’g’lu, Eron Prezident Hasan Ruhoniy xalqning tinchlik sevar namoyish haqidan foydalanar ekan qonunlarni oyoq ostiga olmasligi kerakligi borasidagi bayonotlarni esa  ijobiy deb baholab  jarayoning tezda yakunlanishi kerakligiga diqqat qaratdi.

Tashqi ishlar vaziri, Erondagi voqealarni faqat ikki kishi himoya qildi, bular Netanyahu va Tramp ekanini ma’lum qildi.

Eronga   chet elning aralashishiga qarshi ekanini aytgan Chavusho’glu,

“Eronda ma’muriyati o’zgarsa, buni Eron xalqi amalga oshiradi” dedi.

Turkiya va Yevropa ittifoqi aloqalari ustida ham  to’xtalgan Chavusho’g’lu,

“ Yevropa ittifoqiy, 2018da Turkiyaga hurmat qilishni o’rganadi, teng ravishda ko’radi  deb  aytib  Yevropa ittifoq a’zolik doirasida amalga oshirilsa  yana  ham yaxshi yuradi dedi. Kattalik qilish davr yakunlandi, Yevropa ittifoqi ham buni anglashga boshladi” deb qayd etdi.  

Turkiya bilan Germaniya aloqalarini  yana yaxshi bir nuqtada  ko’tarmoqchi ekanliklarini aytgan Chavusho’g’lu,

“ 6- yanvar shanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel bilan uchrashaman. Bizning Germaniya bilan  hech bir muammomiz yo’q. Germaniya va  ba’zi o’lkalarning bor. Bizga buning nima ekanini aytib berishlari lozim” deb ma’lum qildi.

Vazir Chavusho’g’lu bundan tashqari,

“ Avstriya Tashqi ishlar vazir Karin Kneissel qo’ng’iroq qilib munosabatlarni tiklamoqchi ekanlarini  aytdi. Istanbul Buyukadaga taklif qildim,  o’tirib gapiramiz” deb qayd etdi.

2017 Anqara- Vashington o’rtasida muammoli bir yil bo’lib o’tganini ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’lu,

“ Bularga qaramasdan Amerika qo’shma shtatlari NATO ittifoqdoshimizdir.  Munosabatlarimiz yaxshi bo’lishi kerak faqat bu AQShga bog’liq. Bizga  agar yomonlik qilsa albatta  javobsiz qolmaydi” dedi.

“Maqsadimiz Falastin davlatini tan olgan o’lkalar sonini  ko’payishi  degan  Chavusho’g’lu,

“ Suriyada 2018- yilida siyosiy yechim bilan shug’ulanadi . Yechimdan so’ngra Suriyaning yangidan  qurilishi uchun barcha davlatlar bilan  hozirdan uchrashishga boshladik” deb aytdik.

Afringa  har lahza operatsiya qilishimiz mumkin degan Vazir Chavusho’g’lu,

“ Turk qo’shini sifatida bunga tayyor ekanimizni aytishimiz kerak.

Iroq Kurd mintaqaviy  boshqaruvi  25-  sentabrda amalga oshgan noqonuniy mustaqillik referendumdan so’ngra Turkiya mintaqadagi muammoning yechimida faol rol o’ynaydi degan Chavusho’g’lu, Turkiya har turli yordamni beradi dedi.

Tashqi ishlar vaziri, Yamanda va Qatarda ham Turkiya  faol rol o’ynaydi deb so’zlariga qo’shimcha qildi:

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar