Turkiya Eronda tinchlik va farovonlikni saqlab qolish tarafdori...

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Eronda 20 dan ortiq shaharga tarqalgan norozilik namoyishlari haqida bayonot berdi.

880096
Turkiya Eronda tinchlik va farovonlikni saqlab qolish tarafdori...

Turkiya Eronda tinchlik va farovonlikni saqlab qolishga ahamiyat berganini ma’lum qildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Eronda 20 dan ortiq shaharga tarqalgan norozilik namoyishlari haqida bayonot berdi.

“Eronda 28 dekabrda boshlangan norozilik namoyishlari butun mamlakatga yoyilib, siyosiy tus olgani va qurbonlarning borligi, qolaversa davlat idoralariga zarar berilgani haqidagi xabarlardan xavotirdamiz”,-deyiladi bayonotda.

Qolaversa, bayonotda Turkiya do’st va qardosh Eronning ommaviy tinchlik va farovonligini saqlab qolishga katta ahamiyat berishi qayd etildi.

“Eron prezidenti Hasan Ruhoniy aytganidek, xalq namoyish o’tkazishga va tanqid qilishga haqlidir, lekin qonunlarni oyoq osti qilmaslik kerak va davlat mulkiga ziyon yetkazmaslik kerak. Mamlakat prezidentining so’zlari diqqatga olingan holda, tartibsizliklardan uzoq turish va provokatsiyalarga berilmaslik kerak. Darhol mamlakatda tinchlik ta’minlanishi, voqealarning avj olishini oldini olish va tashqi kuchlarning aralashuviga yo’l qo’yilmasligidan umidvormiz”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya , #bayonot , #Hasan Ruhoniy , #namoyish

Aloqador xabarlar