Erdo’g’an:“Turkiya mahalliy fazo bazasini qurish yo'llarini qidirmoqda"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqotlar markazi (TUBITAK) marosimida so’zga chiqdi.

877769
Erdo’g’an:“Turkiya mahalliy fazo bazasini qurish yo'llarini qidirmoqda"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqotlar markazi (TUBITAK) marosimida so’zga chiqdi.

U ma’ruzasida oxirgi ikki asrda islom mintaqalarining hayotdan orqada qolgani faqatgina moddiy ahvol, byudjet  yoki inson bilan bog’liq emasligini tilga oldi.

“Men bu yerdagi muammo mafkura va tushunchadan kelib chiqqan deb o’ylayman. Aslida, biz kurashimizni avvalo o’z zehnimizda va ko’nglimizda qo’ldan boy berdik. Bu jarayonda o’zimizga bo’lgan ishonchni yo’qotish bilan eng katta xatoga yo’l qo’ydik”,-dedi Turkiya prezidenti.

Ko’chirmachilik va taqlid insonni bir qadam orqada qolishga mahkum qilishini aytgan Erdo’g’an: “Biz taqlidni bir chetga surib, andoza bo’lishga harakat qilaylik. Biz qolibdan chiqib, zehnimizga solingan kishanni parchalab tashlashimiz kerak. Turk xalqi shonli tarixga ega. Turk xalqining tarixi buyuk zafarlarga to’la. Turklar asrlar osha hukmronlik qilgan ulug’ ajdodlarning nabiralaridir”,-dedi.

Turkiya mahalliy uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish bilan birga qurolli uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqaradigan darajaga erishganini tilga olgan Erdo’g’an: “Uchuvchisiz havo vositalarimiz 32 ming fit balandlikka chiqa oladi. Terrorizmga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatimizda bu texnologiyalarimizning katta hissasi bor”,-dedi.

Bu texnologiyalarni yanada rivojlantirish yo’lida faoliyatlar davom etayotganini tilga olgan Erdo’g’an: “Turkiya mahalliy fazo bazasini qurib, mahalliy sun’iy yo’ldoshini uchirish yo’llarini qidirmoqda”,-dedi.

Prezident Erdo’g’an ma’ruzasida Sudanning Sevakin orolini qaytatdan insho etish jarayoniga to’xtaldi.

Uning aytishicha, Sevakin oroli qayta tiklanib, turizm markaziga aylantiriladi.

 

 



Aloqador xabarlar