Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Afrika o’lkalariga  qilgan safarining so’ngi bekati Tunisda....

Erdo’g’an, Prezidentlik saroyida Tunis Prezidenti Beji Kaid es- Sibsi tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

877006
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Afrika o’lkalariga  qilgan safarining so’ngi bekati Tunisda....
erdogan-es-sibsi.jpg

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Afrika o’lkalariga  qilgan safarining so’ngi bekati Tunisda....

Erdo’g’an, Prezidentlik saroyida Tunis Prezidenti Beji Kaid es- Sibsi tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdo’g’an va Tunis Prezidenti keyinchalik o’zaro va delegatsiyalar ora uchrashuv o’tkazdi.

Erdo’g’an va as-Sibsining ishtiroki bilan ikki o’lka o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.

Prezident Erdo’g’an,  uyushtirgan mushtarak matbuoti anjumanida, uchrashuvda o’zaro aloqalar va ayniqsa mintaqa muammolarini ko’rib chiqqanlarini ma’lum qilib, hamkorlikni yana ham rivojlantirmoqchi ekanlarini aytdi.

İkki o’lka o’rtasida savdo muvozanatli ravishda oshirilishi mavzusida kelishuvga borganlarini aytgan  Erdo’g’an,

 Tunisning  barqarorligi , iqtisodiy o’sishi o’zimizdan  ayri ko’rmaymiz.  Tunisning rivojlanishi Turkiyaning rivojlanishidir.  Xususiy sektorni  sarmoya kiritishga rag’batlantiramiz” dedi.

Turkiya, Tunisning terror bilan kurashini qo’llab- quvvatlashga davom etadi degan Prezident Erdo’g’an, Turkiya Tunis bilan davom etadigan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanlarini  aytdi.

Erdo’g’an, Fatullahchi Terror tashkiloti ( FETO) bilan kurashida himoyalari uchun Tunis  o’rganlariga   minnatdorchilik bildirdi.

Ikki o’lka o’rtasida birinchidan Al-Quds bo’lib ko’plab masalada birdamlikni davom ettirishini  ma’lum qilgan Erdo’g’an, Amerika qo’shma shtatlari(AQSh) Al-Qudsni Isroilning poytaxti sifatida tan olish qarori bilan aloqali tashlagan  noto’g’ri  qadami BMT Bosh assambleyasida qanday qaytdi deb eslatdi.

 

Erdo’g’an,

“ Turkiya va Tunis, hamisha birgalikda, kuchli ravishda shuni ifoda etmoqda. “ Quddus bizning qizil  chizig’imizdir. Al- Qudsning tarixiy statusiga muqaddas tarixiga  qarshi hech bir qadam qabul qilinmas. Istanbulda navbatdan tashqari yig’ilgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ayni xususiyatga urg’u berib natija bildirishimizni e’lon qilgan edik. Adolatsiz ushbu qarorga ruxsat bermadik Falastinni himoya qilishda davom etamiz” dedi.

Birlashgan millatlar tashkiloti xavfsizlik kengashi 5 doimiy a’zosi orasida bir Musulmon o’lkaning bo’lmaganiga  diqqat qaratgan Prezident, BMTXK isloh qilinishi kerak deb qayd etdi.

Erdog’an, BMT 196 a’zosi bo’lib  va har a’zosi navbati bilan BMTXKda ikki yilda bir marotaba o’rin olishi kerak deb aytdi.

Tahdid bilan bu ish bo’lmagan ma’lum bo’ldi degan Erdo’g’an,

“ Falastinning davlat sifatida dunyo bo’ylab tan olinishi uchun faoliyatlarni  birgalikda yuritamiz deb ma’lum qildi” dedi.

Prezident Erdo’g’an, Suriya mavzusida esa, “ Davlat terrori amalga oshirgan bir terroristdir” deb qayd etib (Prezident Bashar Asad bilan yuritishning mumkin emasligini   ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #Tunis , #Safar

Aloqador xabarlar