Prezident Erdog’an takror AQShning Quddus haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi

Rajap Tayyip Erdog’an, AQSh boshqaruvining Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olish va Isroildagi AQSh elchixonasini Quddusga ko’chirish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi.

865292
Prezident Erdog’an takror AQShning Quddus haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi

Prezident ayni vaqtda Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an, AQSh boshqaruvining Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olish va Isroildagi AQSh elchixonasini Quddusga ko’chirish haqidagi qaroriga yana bir bor e’tiroz bildirdi.

O’z partiyasining Sivasdagi favqulodda kongressida nutq so’zlagan Prezident Erdog’an, Isroilning bir terror davlati ekanligini, Trump qarorining esa hukmsizligini ifoda etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an shu doirada,  

“Quddus, biz uchun alohida o’ringa egadir. Shunday ekan Quddusni bolalar o’limiga sabab bo’lgan qotil bir davlat insofiga, Quddusni bosib olishdan boshqa hech narsaga yaramagan bir davlat vijdoniga topshirib qoyolmaymiz. Buning uchun huquq va demokratiya asosida, qarorli ravishda kurash olib borishni davom ettiramiz” deya gapirdi.

Erdog’an shuningdek,

“Afsuski demokratiyaning beshigi hisoblangan mamlakatlar befarqlik bilan eng asosiy huquq va erkinliklarni paymol qilmoqda. Kamiga bizdan Quddus masalasida jimgina o’tirishimizni talab qilmoqdalar. Aziz qardoshlarim! Musulmonlar haligacha musulmon, turklar esa haligacha jasur insonlardir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Prezident Erdog’an o’z nutqida Turkiyaning Islom hamkorlik tashkiloti davriy rahbari sifatida 13-dekabr kuni Istanbulda o’tkazishni rejalashtirgan Favqulodda sammitiga ham to’xtalib,

“Sammitda belgilab olinadigan yo’l xaritasi orqali, Quddus haqida qabul qilingan qarorning yo’lga qoyilishi, osonlikcha amalga oshmasligini ko’rsatamiz” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Sivasdagi bir ochilish marosimidagi nutqida ham huddi shu masalaga to’xtalar ekan unda Falastinning, 1947-yildan beri ishg’olga ma’ruz qolganligini qayd etdi. Shu doirada Isroilning ishg’olchi va bir terror davlati ekanligini eslatib, Trump tushgan xatoga Turkiyaning tushmasligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar