Yunonistonda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an sharafiga ziyofat berildi

Erdo’g’an:“Sizlarga ushbu unutilmas kunda ulug’ dasturxon boshida eng samimiy tuyg’ularim bilan salom aytaman”,-dedi.

863995
Yunonistonda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an sharafiga ziyofat berildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yunonistonda rasmiy ziyoratini davom ettirmoqda.

Yunoniston prezidenti Prokopis Pavlopoulos va turmush o’rtog’i Vlasia Pavlopoulos kecha oqshom Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an sharafiga ziyofat berdi.

Erdo’g’an ziyofat oldidan so’zlagan nutqini: “Sizlarga ushbu unutilmas kunda ulug’ dasturxon boshida eng samimiy tuyg’ularim bilan salom aytaman”,-deya iliq so’zlar bilan boshladi.

Erdo’g’an 65 yil oradan so’ng davrning Turkiya prezidenti Jalol Bayardan keyin Yunonistonga ilk marta davlat tashrifi bilan kelgan Turkiya prezidenti bo’lish baxtiga muyassar bo’lganini tilga oldi.

“Aslida biz bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ikki xalqmiz. Mushtarak qadimiy tarixga egamiz”,-dedi Erdo’g’an.

“Turkiyada 10 minglab rum yashaydi. Ayni shaklda, Yunonistonda ham turklar juda ko’p. Bu bizni har tomonlama bir-birimizga bog’lab turadi. Maqsadimiz bu ziyorat natijasida kelajakni yana ham mustahkam qilib insho etishdir. Hamisha oramizda birdamlik bo’lsin, hamjihatlik bo’lsin”,-dedi Erdo’g’an.

Erdo’g’an ushbu murakkab davrda, qolaversa mintaqada jiddiy qiyinchiliklar ro’y berayotgan bir paytda ikki davlatning o’zaro hamjihatligi katta ahamiyat kasb etishini tilga oldi.

Erdo’g’an hozirda energiya sohasida juda katta rejalar mavjudligiga e’tibor qaratdi.

“Turkiya bu jihatdan markaziy xususiyatga ega. Bir tomondan TANAP, TAP loyihasi, ikkinchi tomondan Turk oqim loyihasi mavjud. Bularning barchasi mintaqada tabiiy gazning isinishda va asosan sanoatda, texnologiyada poydevor tashkil qilishini namoyon qiladi”,-dedi Erdo’g’an.

U “Siyosat maydonida esa, Yevropa Ittifoqi tarkibida bo’lgan Yunoniston bugungacha hamisha Turkiyani qo’llab quvvatlab kelganini unutmaslik kerak. Shu sababli Yunonistonga minnatdorlik bildiraman”,-dedi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Yunoniston ziyorati davom etmoqda.



Aloqador xabarlar