Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bugun Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi

Bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Binali Yildirim poytaxt Seulda Janubiy Koreya bosh vaziri Lee Nak-Yeon bilan uchrashadi.

860750
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bugun Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Janubiy Koreya bosh vaziri Lee Nak-Yeonning taklifiga binoan bugun 4 dekabr dushanba kuni rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaga jo’nab ketadi.

Bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Binali Yildirim poytaxt Seulda Janubiy Koreya bosh vaziri Lee Nak-Yeon bilan uchrashadi.

Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-In tomonidan qabul qilinadigan Binali Yildirim so’ngra, Milliy majlis raisi Chung Sye Kyun bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Turkiya-Janubiy Koreya o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalar bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish, terrorizmga qarshi kurash, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va boshqa dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Binali Yildirim Koreyadagi tadbirkorlik shirkatlarining oliy martabali yetakchilari bilan uchrashadi. Ularni Turkiyaga sarmoya kiritishga jalb qiladi.

Binali Yildirim Janubiy Koreyaning Busan shahridagi turk shahidlar hiyobonini ziyorat qiladi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning Janubiy Koreyaga tashrifi ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalarning 60 yilligiga to’g’ri kelgani munosabati bilan ham katta ahamiyat kasb etadi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning Janubiy Koreyaga rasmiy ziyorati 6 dekabr chorshanba kuni o’z nihoyasiga yetadi.

 

 



Aloqador xabarlar