Prezident Erdog’an Turkiyaning terrorga qarshi kurash masalasiga to’xtaldi

Prezident ayni vaqtda Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an o’z partiyasining Ig’dir viloyat kongressida so’zlagan nutqida, Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga to’xtaldi.

860216
Prezident Erdog’an Turkiyaning terrorga qarshi kurash masalasiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganlarning bir kunmas bir kun uyatga qolishlari aniq ekanligini qayd etdi.

Prezident ayni vaqtda, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an o’z partiyasining Ig’dir viloyat kongressida so’zlagan nutqida,Turkiyaning terrorga qarshi kurashining qarorlilik bilan davom etayotganligini belgilab o’tdi.

Qurol-yaroq, jon olish, g’am-alam, qon to’kish va tahdid ustidan o’ynalgan barcha o’yinlarning to’xtatilganligi haqida gapirgan Erdog’an,

“Mintaqamizga yuborgan qotillari orqali bizlarni o’z asiriga ola olishlariga ishonganlarning hafsalasi pir bo’ladi” dedi.

Erdog’an shuningdek,

Terroristlarni qurol-yaroq va o’q-dorilar bilan ta’minlaganlarning, huddi ana shu qurol-yaroqlarining og’zi bir kun kelib o’zlariga qaratilganida aslida, qanchalik katta xatoga yo’l qo’yganliklarini tushunib yetajaklarini ta’kidlar ekan o’z so’zini,

“Qurollarning turklarni, kurdlarni, sunniylarni, arablarni o’ldirishidan bezovta bo’lmayaptilar, eng ajoyib va chiroyli shaharlarning yer bilan yakson bo’lishidan hatto xursandlar. Tarixdan ibrat olinmaganligi uchun takrorlanadi. Mintaqamizda qon icharlar orqali qo’l urgan jinoyatlari bilan qotillarning boshidan silaganlar bir kunmas bir kun uyatga qoladilar” deya davom etdi.   

 



Aloqador xabarlar