Prezident Erdog’an Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi.

860162
Prezident Erdog’an Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra kecha kechki payt bo’lib o’tgan muloqatda Quddusning statusi bosh bo’lish bilan birga Falastindagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashildi.  

Prezident Erdog’an Yaqin Sharqda doimiy tinchlik va barqarorlikning ta’minlanishi uchun  1967-yilgi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan mustaqil bir Falastin davlatining tashkil topishining kerakligiga e’tibor qaratdi.

Erdog’an Quddus va Haram-i Sharifning muqaddasligi va tarixiy statusining himoya qilinishining butun islom olami uchun qanchalik muhim ekanligiga e’tibor qaratib, bu nozik masala doirasida xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorlarining paymol qilinmasligi kerakligini ta’kidladi.

Turkiyaning falastinlik qardoshlarining adolatli yo’llarini har doim qo’llab-quvvatlab kelayotganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, G’azoga nisbatan yo’lga qoyilgan cheklovlarning bekor qilinisihining ham tinchlik uchun muhim hissa qo’shajagini qayd etdi.

Mahmud Abbos esa Prezident Erdog’anga uquvliligi yuzasidan minnatdorchilik bildirdi.



Aloqador xabarlar