Turkiya Saudiya Arabistoniga raketa otilganini qoraladi

“Kecha Yamandagi Husiy jangarilar tomonidan Saudiya Arabistoni territoriyasiga ballistik raketa otilganini qoralaymiz",-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

859727
Turkiya Saudiya Arabistoniga raketa otilganini qoraladi

Turkiya Husiy jangarilar tomonidan Saudiya Arabistonining Hamis Mushayt shahriga ballistik raketa hujumi sodir qilinganini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Kecha Yamandagi Husiy jangarilar tomonidan Saudiya Arabistoni territoriyasiga ballistik raketa otilganini qoralaymiz. Otilgan raketa Saudiya Arabistoni havo mudofaa sistemalari tomonidan yo’q qilingani va qurbonlarning yo’qligidan xursandmiz. Umid qilamizki, Saudiya Arabistoni tinchligiga tahdid solgan bunday hujum boshqa takrorlanmaydi”,-deyiladi bayonotda.



Aloqador xabarlar