Erdog’an NATO mashg’ulotida yuz bergan hodisaga yana bir bor e’tiroz bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Norvegiyadagi NATO mashg’ulotida yuz bergan hodisaga yana bir bor e’tiroz bildirdi.

850577
Erdog’an NATO mashg’ulotida yuz bergan hodisaga yana bir bor e’tiroz bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Norvegiyadagi NATO mashg’ulotida yuz bergan hodisaga e’tiroz bildirishni davom ettirmoqda.

Adolat va taraqqiyot partiyasining Bayburtda uyushtirilgan navbatdagi viloyat kongressida nutq so’zlagan Prezident Erdog’an,  

 “NATO mashg’uloti chog’ida Respublikamizning asoschisi Otaturk bilan shaxsimni nishon tahtasiga joylashtirdilar. Bu orqali katta skandalga qo’l urdilar. Ma’lum bo’lganidek ularning dardi biron bir kishi emas Turkiyadir, turk xalqidir. Bundan buyon ma’lum xalqaro tashkilotlarga garnizonlik qilgan Turkiya yo’q. Bizni 1980-1990-yillarning Turkiyasi bilan solishtirganlar katta hatoga yo’l qo’yganligini birkunmas bir kun mutlaqo tushunib yetadi” dedi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning, Respublikaning yutuqlaridan aslo voz kechmasligini ham qayd etid.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #NATO , #mashg'ulot

Aloqador xabarlar