Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatarda xizmat o'tayotgan turk askarlari bilan uchrashdi

Qatarda turk askarlarining sharoiti bilan tanishgan Erdog’an: “Barchangizga Turkiyadan katta salom olib keldim. Turk xalqining duolari siz bilan birga”,-dedi.

848646
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatarda xizmat o'tayotgan turk askarlari bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatarga tashrifi chog’ida Qatarda xizmat o'tayotgan turk askarlari bilan uchrashdi.

U yerdagi turk askarlarining sharoiti bilan tanishgan Erdog’an: “Barchangizga Turkiyadan katta salom olib keldim. Turk xalqining duolari siz bilan birga”,-dedi.

“Qatardagi qahramon askarlarimizdan umidimiz shuki, harbiy vazifangizni ijro etar ekansiz, sevgi va hurmat bilan Qatar xalqining qalbidan joy oling”,-deydi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, Qatar turk askari uchun o’zga davlat emas.

Qatarda xizmat qilgan turk askari o’zga yurtlarda emas, balki o’z qardoshlarining vatanida xizmat qilayotganini tilga olgan Erdog’an: “Sizlar g’arb davlatlarining boshqa davlatlarda xizmat o’tayotgan askarlariga o’xshamaysiz. Chunki, sizning bu yerda xizmat o’tashingizning yagona sababi do’stlik, tinchlik-farovonlik va xavfsizlikni ta'minlashdir”,-dedi.

Turkiya va turk xalqining yuzini yorug’ qilgan turk askarlariga muvaffaqiyatlar tilagan Erdog’an: “Sizlarni qo’llab quvvatlagan va kerakli sharoitlarni yaratib bergan qatarlik do’stlarimizga minnatdorlik bildiraman. Ko’rfaz mintaqasida va butun dunyoda ro’y berayotgan notinchliklarning bartaraf etilishini Allohdan so’rab qolaman. Rabbim bizni barcha qardoshlarimiz bilan birga, tinch-totuv yashash baxtiga muyassar qilsin. Rabbim bizlarni har qanday balo-qazolardan, tahlikalarda o’z asrasin!”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar , #Rajap Tayyip Erdog’an

Aloqador xabarlar