Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatarda...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatar amiri Shayn Tamim bin Hamad Al-Sani tomonidan tantanali marosim bilan kutib olindi.

848050
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Qatarda...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya va Quvayt ziyoratlarini yakunlab, Qatarga yetib keldi.

Erdog’an Qatarda amirlik devonida Qatar amiri Shayn Tamim bin Hamad Al-Sani tomonidan tantanali marosim bilan kutib olindi.

Ikki davlat rahbari marosimdan so’ng o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.

Uchrashuvda Turkiya-Qatar munosabatlari, Ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi kelishmovchilik, xalqaro o’zgarishlar, mintaqaviy masalalar va boshqa dolzarb iqtisodiy masalalar muhokama qilindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an mamlakatga tashrifi chog’ida Turkiya-Qatar oliy strategik hamkorlik komitetining navbatdagi yig’ilishiga va ikki davlat o’rtasidagi shartnomalarni imzolash marosimiga qatnashadi.

Qatar amiri Al-Sani Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an sharafiga ziyofat beradi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anga bir guruh vazirlardan tashqari, harbiy bosh shtab raisi general Hulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan hamrohlik qilmoqda.



Aloqador xabarlar