Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShda...

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Vashingtonda AQSh senatosi tashqi aloqalar komiteti rahbari Bob Korker bilan uchrashdi.

843052
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShda...

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShning poytaxti Vashingtonga yetib bordi.

Binali Yildirim Respublikachilarning yuqori lavozimli shaxslaridan biri Tennesse senatori, ayni paytda AQSh senatosi tashqi aloqalar komiteti rahbari Bob Korker bilan uchrashdi.

Binali Yildirim joylashgan mehmonxonada bo’lib o’tgan uchrashuv bir soatdan ortiq davom etdi.

Mazkur uchrashuvda Binali Yildirimga tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak, Turkiyaning Vashingtondagi favqulodda va muxtor elchisi Serdar Kilich, bosh vazirlikning tashqi siyosat  bo'yicha maslahatchisi Kerim Uras va bosh vazirlik maslahatchisi Ihsan Durdu hamrohlik qildi.

AQSh senatosi tashqi aloqalar komiteti rahbari Bob Korker uchrashuvdan so’ng, Anadolu axborot agentligi muhbiriga intervyu berdi.

U Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashganidan baxtiyorligini tilga oldi.

Uchrashuv juda samimiy ruhda bo’lib o’tganini tilga olgan Bob Korker: “Ikki davlat o’rtasidagi keng ko’lamli va ba’zi ma’lum masalalarni muhokama qildik. Uddasidan chiqishimiz kerak bo’lgan bir qancha masala bor. Ikki davlat o’rtasidagi muammolarni hal qilish ko’p vaqt oladi. Turkiya oxirgi yillarda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Turkiyaga bundan oldin bordim va juda yoqtirdim. Turkiya asosan, suriyalik qochqinlarga juda katta yordam ko’rsatdi. NATO doirasida aloqalarga egamiz, lekin xozirda ba’zi mavzularda qarama-qarshi fikrlarga egamiz”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Binali Yildirim , #Vashington , #Turkiya

Aloqador xabarlar