Prezident Erdog’an Iroq va Suriyadagi vaziyat haqida bayonot berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga borar ekan qaytar chog’ida, uchoqda, jurnalistlarga Iroq va Suriyadagi vaziyatni xarita ustidan tushuntirib berdi.

839359
Prezident Erdog’an Iroq va Suriyadagi vaziyat haqida bayonot berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan bo'rgan Ozarbayjondan qaytar chog’ida, uchoqda, Eron va Iroq bilan tez-tez uchrashib turganliklarini qayd etdi.

Jurnalistlarga bayonot bergan Prezident Erdog’an Iroq va Suriyadagi vaziyatni xarita ustidan tushuntirib berdi.

PKK terror tashkilotiga qarshi mushtarak amaliyot o’tkazishning Iroq uchun oldingi o’rinda emasligini eslatgan Prezident,

“Lekin kerakli chora va tadbirlarimizni olyapmiz. Ig’vogarchilik qilgudek bo’lsa amaliyot boshlatishimiz mumkin” deb PKK terror tashkilotini ogohlantirdi.

Suriyaning Idlib shahrida Rossiya bilan hamjihatlikda ekanlkilarini ham eslatgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Buning tarkibida Afrin ham bor” dedi.

Prezident kun tartibida Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyatining 25-sentabr kuni o’tkazgan noqonuniy referendumi ortidan yuz bergan voqealar ham bor edi.

“Iroqning shimolida Barzaniyning 1-noyabr kuni o’z vazifasini topshirishi ortidan qanday jarayonning boshlashini hammamiz birgalikda ko’ramiz” degan Prezident Erdog’an,

“U yerda yangi jarayonning boshlab, boshlamasligini ko’ramiz. Umid qilamanki federal tizim orqali birlik bo’ladi” dedi.

Prezident, “Ibrahim Halil” nomidagi chegara darvozasining Bog’dod rahbariyatiga topshirish jarayonini eslatgan holda, bu protseduraning bir necha kun ichida tamomlanajagini qayd etdi.

Erdog’an shuningdek, 2-armiya qo’mondoni general leytenant Ismail Metin Temel bilan Iroq Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisining vaziyatni mintaqada kuzatayotganligini ma’lum qildi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar