Somali prezidenti yordam qo'lini uzatgan Turkiyadan minnatdor...

Somali prezidenti Muhammad Abdullah Fermaju Mogadishoda 300 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatidan so’ng birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

828557

Fermaju Somalini qo’llab quvvatlash yo’lida sarf qilgan g’ayrati uchun Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an va turk xalqidan minnatdor ekanini tilga oldi.

“Turkiya 2011 yildan beri Somalidagi barcha sohalarning ravnaqiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Mamlakatimizda qachon noxush voqea yuz bersa, Turkiya darhol yordamga qo’l uzatdi”,-deydi Somali prezidenti.

U Turkiyaning ko’rsatayotgan yordamlari asrlardir davom etgan qardoshlik aloqalarining natijasi ekanini tilga oldi.

Aloqador xabarlar