Prezident Erdog’an bugun Serbiyaga jo'nab ketadi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bugun Prezident Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan Serbiyaga jo’nab ketadi.

822608
Prezident Erdog’an bugun Serbiyaga jo'nab ketadi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bugun Prezident Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan Serbiyaga jo’nab ketadi. 

Prezidentlik apparatining Matbuot markazidan olingan bayonotga ko’ra Erdog’an Serbiya Prezidenti Vuchich bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazadi.

Prezident Erdog’an shuningdek Serbiya Majlis raisi bilan ham uchrashadi.

Ushbu uchrashuvlar ortidan Turkiya-Serbiya Biznes forumi bo’lib o’tadi.

Tashrif doirasida turli tarmoqlarda bir necha shartnomaga ham qo’l qo’yilishi kutilmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Serbiya safari 11-oktabr kuni o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar