Turk qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Gara hududida terror ob'yektlarini portlatdi

“Turk qurolli kuchlari Iroq shimolida terror tashkilotlari va ekstremist guruhlarga tegishli ta’lim lagerlarini bartaraf etmoqda”,-deyiladi bayonotda.

819935
Turk qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Gara hududida terror ob'yektlarini portlatdi

Turk qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Gara hududida terror tashkiloti PKKga oid ta’lim lagerlarini portlatdi.

Harbiy operatsiyada terroristlarga tegishli ob’yektlar, boshpana va qurol-aslaha omborlari yo’q qilindi.

Bu haqda Turkiya Harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Turk qurolli kuchlari Iroq shimolida terror tashkilotlari va ekstremist guruhlarga tegishli ta’lim lagerlarini bartaraf etmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Havo kuchlari qo’mondonligiga oid jangovar samolyotlar kecha Gara hududidagi PKK lagerlarini portlatdi.

Qirg’in samolyotlar terror ob’yektlarini, boshpana, qurol-aslaha omborlarini yo’q qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar