Prezident Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Eronga jo’nab ketmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Eronga jo’nab ketmoqda.

819802
Prezident Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Eronga jo’nab ketmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bugun amaliy tashrif bilan Eronga jo’nab ketmoqda.

Bir kunlik ushbu tashrif doirasida Iroq va Suriyadagi vaziyat shu jumladan Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatida 25-sentabr kuni noqonuniy ravishda bo’lib o’tgan referendum va Suriyada tashkil etilgan “xavfsiz mintaqalar” muhokama qilinadi.

Prezident Erdog’an diniy lider Oyatulloh Homeniy va Prezident Hasan Ruhoniy bilan uchrashadi.

Ikkala lider Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining to’rtinchi yig’ilishida raislik qiladi.

O’zaro munosabatning barcha jihatdan muzokara qilinishi kutilayotgan tashrif mobaynida yaxshi qo’shnichilik munosabatlari, tarixiy va madaniy aloqalarga ega bo’lgan Eron bilan siyosiy muloqatning rivojlantirilishi va hamkorlikning har sohada mustahkamlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning bugungi tashrifi, Eron Prezidenti Ruhoniyning 2016-yilning 16-aprelida Turkiyaga qaratilgan tashrifiga javob tariqasida ekanligini aytish mumkin.

 



Aloqador xabarlar