Turkiya-Yevropa Ittifoqi shartnomasiga 13 davlatning amal qilmagani kuzatildi

Yevropa komissiyasining 2016 yilda tuzilgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi qayta qabul qilish shartnomasi bilan bog’liq 7-hisoboti e’lon qilindi.

818017
Turkiya-Yevropa Ittifoqi shartnomasiga 13 davlatning amal qilmagani kuzatildi

Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan qayta qabul qilish shartnomasiga 13 nafar Yevropa mamlakati amal qilmagani ma’lum bo’ldi.

Yevropa komissiyasining 2016 yilda tuzilgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi qayta qabul qilish shartnomasi bilan bog’liq 7-hisoboti e’lon qilindi.

Hisobotda Turkiyaning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash jarayoni bilan bog’liq ma’lumotlar o’rin oldi.

Hisobotga ko’ra, 8834 nafar Suriya fuqarosi Turkiyadan olinib, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15 davlatga tarqatildi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo 13 davlat Turkiyadan qochqin qabul qilmadi.

Bular Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya Respublikasi, Daniya va Buyuk Britaniya davlatlari bo’lib hisoblanadi.

Yunonistondan Turkiyaga jo’natilgan qochqinlar soni esa, 1896 nafarni tashkil qiladi.

Hisobotga ko’ra, shu yilning 9 iyun-31 avgust oralig’ida Turkiyadan Yunonistonga o’tishga uringan qochqinlar soni kunda taxminan 93 kishiga kamaygan.

Turkiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida tuzilgan shartnomadan oldin, 1150 kishi Egey dengizida nobud bo’lgan edi, shartnoma tuzilgach bu raqam 113 nafarga pasaygan.

2016-2017 yilda Yevropa Ittifoqidan Turkiyaga beriladigan 3 mlrd evro mablag’ning 1 mlrd 664 mln evrosi 48 nafar loyiha uchun ajratildi, buning faqatgina 838 mln evro qismi Turkiyaga jo’natildi xalos.

 



Aloqador xabarlar