Turk qizil yarim oy jamiyati Meksikaga yordam qo’lini uzatdi

Zilziladan zarar ko’rgan Meksikaning Puebla shtatiga 2000 qutida oziq-ovqat mahsuloti jo’natildi.

818387
Turk qizil yarim oy jamiyati Meksikaga yordam qo’lini uzatdi

Turk qizil yarim oy jamiyati Meksikaga yordam qo’lini uzatdi.

Zilziladan zarar ko’rgan Meksikaning Puebla shtatiga 2000 qutida oziq-ovqat mahsuloti jo’natildi.

Insonparvarlik yordami Meksikaning Qizil Xoch tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Ularni tarqatish faoliyatlariga Turkiyaning Meksikadagi elchisi Temur So’ylemez va elchixona xodimlari ishtirok etdi.

“Ushbu insonparvarlik yordami bilan Turkiyaning bayrog’i Meksikada ham xilpiraydi. Zilziladan jabrlangan insonlar Turkiyadan minnatdor”,-deydi elchi Temur So’ylemez.

Turk qizil yarim oy jamiyati bundan keyin ham Meksikaga insonparvarlik yordamlarini davom ettiradi.

Eslatma: 19 sentyabr kuni Meksikada sodir bo’lgan zilzilada 361 kishi nobud bo’lgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar