Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyada...

Turkiya prezidenti R.T.Erdo'g'an Vladimir Putinni prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

816422
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyada...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya prezidenti R.T.Erdo'g'an Vladimir Putinni prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlari o'zaro uchrashuv amalga oshirdi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining mustaqillik referendumi, Suriya inqirozini bartaraf etish yo'lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar, shuningdek dolzarb mintaqaviy va global o'zgarishlar uchrashuv kun tartibidan joy olgan.

Bundan tashqari, ikki davlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va mudofaa sohasidagi o'zaro aloqalar ham muhokama qilinadi.

Bu 2015 yilning 24 noyabr kuni Suriya-Turkiya chegarasi yaqinida sodir bo'lgan Rossiyaning Su-24 samolyoti turk F-16 samolyoti tomonidan urib tushirilish hodisasidan so'ng Rossiya prezidentining Turkiyaga ikkinchi tashrifi bo'lib hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Vladimir Putin , #tashrif

Aloqador xabarlar