Turkiya IKMMning bugungi, noqonuniy ravishdagi referendumini tan olmaydi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda referendumning, natijalari jihatidan hukmsiz ekanligi eslatildi.

813411
Turkiya IKMMning bugungi, noqonuniy ravishdagi referendumini tan olmaydi

Turkiya Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatining bugun noqonuniy ravishda, mustaqil davlat bo’lish uchun o’tkazayotgan referendumini tan olmaganligini ma’lum qildi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda referendumning, natijalari jihatidan hukmsiz ekanligi eslatilib,

“Ham xalqaro huquq, ham da Iroq konstitutsiyasi jihatidan noqonuniy hisoblangan bu tashabbusni tan olmaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek;

“Referendum chog’ida paydo bo’ladigan muhitdan foydalanmoqchi bo’lgan ba’zi radikal unsurlarning, terroristlarning va butun Iroqning milliy xavfsizligimizni nishonga olish ehtimoliga qarshi xalqaro va Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan berilgan huquqga tayangan holda barcha chora va tadbirlarni ko’rajagimizni yana bir bor ta’kidlamoqchimiz” deyildi.  

“IKMM rahbariyatining bundan keyingi jarayonda ehtiyotko'r bo’lishi, qisqa muddatli siyosiy manfaatlar va utopik amallar ketidan yugirish o’rniga barcha Iroq xalqining uzoq muddatli tinchligini nazorat qilgan siyosiy yo’l kuzatishi darkor” deya davom etgan bayonotda Turkiya o’z xalqini, IKMMga sayohat qilamasliklari uchun ogohlantirdi.



Aloqador xabarlar