Turkiya qurolli kuchlarining Iroq chegarasidagi harbiy mashg'uloti davom etmoqda

Harbiy mashg'ulotlar Iroq chegarasidagi Habur chegara postiga taxminan 3 km uzoqlikda olib borilmoqda.

813027
Turkiya qurolli kuchlarining Iroq chegarasidagi harbiy mashg'uloti davom etmoqda

Turkiya qurolli kuchlarining 18 sentyabrda Shirnak viloyati Silopi tumanidagi Habur chegarasiga yaqin masofada boshlatgan harbiy mashg'uloti davom etmoqda.

Harbiy mashg'ulotlar Iroq chegarasidagi Habur chegara postiga taxminan 3 km uzoqlikda olib borilmoqda.

Kecha mashg'ulotlarga qo'shimcha kuch bo'linmalari ham qo'shildi.

Tanklar va zirhli vositalar mashg'ulot maydonida sinab ko'rildi.

Askarlar zirhli vositalardan tushib minali hududlarni tekshiruvdan o'tkazdi va xavfsizlik choralari olingach zirhli vositalarning o'tishiga ruxsat berildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar