Van viloyatining Gurpinar dalasi bilan Iroqning shimolida 2 terrorist ta'sirsiz holga keltirildi

TQK, Van viloyatining Gurpinar dalasi bilan Iroqning shimolida o'tkazgan operatsiyada 2 terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.

812560
Van viloyatining Gurpinar dalasi bilan Iroqning shimolida 2 terrorist ta'sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan Van viloyatining Gurpinar dalasi bilan Iroqning shimolida o'tkazilgan operatsiyada 2 terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.

Terroristlarga oid qurol omborlari bilan bosh-pana joylari bartaraf qilindi.

Bosh shtab boshqarmasidan berilgan bayonotda, Van viloyatining Gurpinar tumanidagi Farashin dalasida havodan o'tkazilgan operatsiyalar doirasida, hujum uyushtirishga tayyorlangani begilangan 2 nafar terroristning ta'sirsiz holga keltirilgani bildirildi.

Bir boshqa havo operatsiyasi ham Iroqning shimolidagi Ashavin-Basyan va Hakurk hududidagi terror tashkiloti PKK lagerlarida uyushtirildi.

Hududda hujum uyushtrishga tayyorlangan terror tashkilotining qurol omborlari, bosh-pana makonlari bombalandi.

Operatsiya  o'tkazgan jangovor samolyotlar keyinchalik xavfsiz shakilda o'z bazalariga qaytdi.

Harbiy manbalar, havo hujumida faqat terror unsurlarining nishonga olingani, tinch aholining zarar ko'rmasligi uchun nozuk harakat qilingani bildirildi.



Aloqador xabarlar