TQKning Hakkari va Shimoliy Iroq amaliyotlari muvaffaqiyatli yakunladi

Turk Qurolli kuchlari mamlakatning Hakkari voliyati, Yuksekova tumani va Iroqning shimolidagi Kandil, Metina va Gara mintaqalarida PKK terror tashkiloti lagerlariga qarshi amaliyot uyushtirdi.

811968
TQKning Hakkari va Shimoliy Iroq amaliyotlari muvaffaqiyatli yakunladi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Yuksekova tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyot natijasida 4 terrorist yo’q qilindi.

Gubernatorlikdan berilgan bayonotga ko’ra, tumanning Ikiyaka qishlog’i Mezruk mintaqasida xavfsizlik kuchlari tomonidan PKK terror tashkilotining 4 nafar a’zosi aniqlangan va ular “firtina” gaubitsalari orqali yo’q qilingan.

Aytib o’tish joizki Turk Qurolli kuchlari tomonidan bugun ertalab berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra kecha 21-sentabr kuni Iroqning shimolidagi Kandil, Metina va Gara mintaqalarida joylashgan PKK terror tashkiloti lagerlariga qarshi ham havo hujumi uyushtirilgan va oqibatida terror tashkilotiga oid qurol-yaroq, boshpana va o’q-dori omborxonalari yo’q qilingan.

Amaliyotda ishtirok etgan uchoqlar, amaliyot ortidan xavfsiz ravishda o’z bazalariga kelib qongan.



Aloqador xabarlar