Binali Yildirim Mesut Barzaniga "Voz kech" deb hitob qildi

Binali Yildirim, Iroq Kurt boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniga "Voz kech" deb hitob qildi.

812313
Binali Yildirim Mesut Barzaniga "Voz kech" deb hitob qildi

Bosh vazir Binali Yildirim, 25-sentyabr kuni referendum o'zkazishni rejalashtirgan Iroq Kurt boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniga "Voz kech" deb hitob qildi.

Yildirim, "Barzani, bu yo'ldan, bu qaysarlikdan voz kechishi kerak. Bu referendum Kurt qardoshlarimiz uchun yaxshi bo'lmaydi" dedi.

Potaxt Anqarada jurnalistlarning savollariga javob bergan Yildirim, "Shuni aytish joizki. Ushbu referendum qarori va o'zgarish, Turkiyaning xavfsizlik masalasiga aylangandir. Turkiya, milliy xavfsizlik masalasida xalqaro shartnomalardan, o'zaro kelishuvlardan kelib chiqgan haqlaridan foydalanishda qat'iy taraddut etmaydi" deb ifoda etdi.

Yildirim, Turkiyaning, davlat statuyasini almashtiradigan har qandya bir o'zgarishni, shartnomalarga yozilgan haqlariga ko'ra hech qachon qabul qilmasligini bildirdi.

Bosh vazir, dunyo qarshilik ko'rsatgan bu referendum qaysarlik bilan o'tkazish kirishuvining Kurtlar uchun salbiy natijalari bo'lishini, hududagi mavjud muammolarniga yangilarini qo'shishini ifoda etib, "Kurkukni bu masalaga qo'shish alohida bir fojia. Kerkuk aholisining 70% Turkmandir" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar