Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Nyu-Yorkda Donald Tramp bilan uchrashadi

Ertaga 21 sentyabr parshanba kuni bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki davlat o’rtasida uzoq muddatdan beri fikr farqi bo’lgan masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

810779
Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Nyu-Yorkda Donald Tramp bilan uchrashadi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralari doirasida Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

Ertaga 21 sentyabr parshanba kuni bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki davlat o’rtasida uzoq muddatdan beri fikr farqi bo’lgan masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSh tomonidan terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD/YPGni qurol bilan ta’minlashni to’xtatishi va Turkiyaning xavotirlarini BMTdagi nutqida tilga olgan Erdo’g’an PYD/YPGning asl maqsadi DAIShga qarshi jang qilish emas, o’z manfaatini ko’zlab ish qilish ekanini aytgan edi.

Uchrashuvda Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi 25 sentyabrda amalga oshirishni rejalashtirgan referendum masalasi ham muhokama qilindi.

Qolaversa, Vashington hukumatidan Fathulloh Gulen harakati va uning liderini sud qilish yoki uni Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabini tilga oladi.

Shuningdek, Erdo’g’an Myanmada rohingya musulmonlarining vaziyati haqida ma’lumot beradi.

 



Aloqador xabarlar