Prezident Erdog’an Trump bergan ziyofatda ishtirok etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an turmush o’rtog’i Emine Erdog’an bilan AQSh Prezidenti Donald Trump va turmush o’rtog’i Melania Trumpning mezbonligidagi ziyofatda ishtirok etdi.

810447
Prezident Erdog’an Trump bergan ziyofatda ishtirok etdi
erdogan trump yemek.jpg

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahriga borgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an turmush o’rtog’i Emine Erdog’an bilan AQSh Prezidenti Donald Trump va turmush o’rtog’i Melania Trumpning mezbonligidagi ziyofatda ishtirok etdi.

Ushbu ziyofat ortidan qo’lidagi Turk bayroqlari bilan AQShda istiqomat qilgan turklar, Erdog’an va turmush o’rtog’i Emine Erdog’an turgan mehmonxonaning atrofiga yig’ildi.

Mehmonxonaga kelganlarida Erdog’an va turmush o’rtog’i ular yoniga borib, hol-ahvol so’rashib, suhbat qildilar.

 

 



Aloqador xabarlar