Prezident Erdog’an AQShda, Jens Stoltenberg bilan uchrashdi

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun hozirda Nyu-York shahrida bo’lgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashdi.

809699
Prezident Erdog’an AQShda, Jens Stoltenberg bilan uchrashdi
erdoğan-el ibadi.jpg

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun hozirda Nyu-York shahrida bo’lgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan qabul qariyb 40 daqiqa davom etdi.

Prezident Erdog’an bilan Jens Stoltenbergning Turkiya-Rossiya o’rtasida qo’l qo’yilgan S-400 zenit raketa to’g’risidagi shartnoma bilan Suriya va Iroqdagi oxirgi vaziyatni muhokama qilganligi aytilmoqda.

Erdog’an ortidan asli somaliyalik bo’lgan Minnesota Vakillar majlisi a’zosi Ilhan Omarni qabul qildi.

Yahudiy tashkilotlarining vakillarini ham qabul qilgan Prezident Erdog’an, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan esa telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko’ra telefon orqali amalga oshirilgan ushbu muloqatda o’zaro munosabatlar va mintaqadagi oxirgi vaziyatlar haqida fikr almashilgan.

Iroqdagi Kurd mintaqaviy boshqaruvi tomonidan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan referendum ham qo’lga olingan muloqatda, referendum tashabbusining mintaqa tinchligiga putr yetkazishiga e’tibor qaratilib, Iroqning hududiy yaxlitligining himoya qilinishi kerakligi ta’kidlangan.

Muloqatda PKK va DEASh terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga terrorga qarshi kurash masalasi ham qo’lga olingan.

Prezident Erdog’an shu fursatdan foydalanib, Iroq Bosh vaziri al-Abadiyga o’tgan hafta Dikarda uyushtirilgan dahshatli hujum oqibatida jon berganlar uchun chuqur ta’ziya izhor etgan.

 



Aloqador xabarlar