Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Nyu Yorkka yetib bordi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Nyu Yorkda yashagan turklar tomonidan katta hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.

808948
Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Nyu Yorkka yetib bordi
erdogan new york.jpg

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida ishtirok etish maqsadida Nyu Yorkka yetib bordi.

Erdo’g’an Nyu Yorkda yashagan turklar tomonidan katta hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.

“Ishonchli lider xush kelibsan!”, “Xalq arbobi”, “Suriyalik qochqinlarni himoya qilganing uchun minnatdormiz”, “Ont ichamizki, xalqning ovozi bo’lgan ustodni hafa qilganni biz hafa qilamiz” degan yozuvlarni ko’targan turklar ulkan turk bayrog’i bilan Erdo’g’anga hurmat izhor qildi.

Amerikada yashagan turklarning ehtiromiga javob bergan Erdo’g’an ular bilan tasvirga tushdi va suhbatlashdi.

 



Aloqador xabarlar