Turkiyadan noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan migrantlar qo'lga tushdi

15 nafari erkak, 15 nafari ayol va 8 nafari yosh boladan iborat bo’lgan migrantlar Suriya fuqarosi ekani aniqlandi.

808527
Turkiyadan noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan migrantlar qo'lga tushdi

Turkiyaning Izmir viloyati Seferihisar tumani orqali noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan 38 nafar migrant qo’lga tushirildi.

Dengizda balon qayiqlarda ketayotgan migrantlar sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan to’xtatilgan.

15 nafari erkak, 15 nafari ayol va 8 nafari yosh boladan iborat bo’lgan migrantlar Suriya fuqarosi ekani aniqlandi.

Suriyalik migrantlar noqonuniy yo’llar bilan yunon orollariga o’tishni rejalashtirgani aniqlandi.

Ular tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, tegishli idoralarga topshirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #migrant , #noqonuniy , #Yunoniston

Aloqador xabarlar