Prezidentning rafiqasi Emine Erdo’g’on va hamrohligidagi delegatsiya Bangladeshda...

Emine Erdo’g’on Bangladeshdagi lagerlarga sig’ingan rohingya musulmonlari bilan uchrashadi, ularning lagerdagi sharoitini ko’zdan kechiradi, ro’y bergan voqealar haqida jabrlanuvchilarning shahsan o’zidan ma’lumot oladi.

802682
Prezidentning rafiqasi Emine Erdo’g’on va hamrohligidagi delegatsiya Bangladeshda...

Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’onning rafiqasi Emine Erdo’g’on va hamrohligidagi delegatsiya Bangladeshga yetib bordi.

Ular Arakandagi zulmdan qochib Bangladeshga sig’ingan musulmonlarning lagerda yashash sharoitlarini ko’zdan kechiradi.

Emine Erdo’g’onga o’g’li Bilol Erdo’g’on, oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kaya hamda Ak partiyaning inson huquqlaridan mas’ul rahbar o’rinbosari deputat Ravza Kavakji Xon hamrohlik qilmoqda.

Bundan tashqari, delegatsiya tarkibida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Serdar Cham, tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi rahbari Mehmet Gulluo’g’li, turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Ibrohim Altan, yoshlik va ta’limga xizmat jamg’armasi rahbari Arzu Akalin hamda ayol va demokratiya jamiyati rahbari Sora Aydin kabi faollar o’rin olgan.

Emine Erdo’g’on Bangladeshdagi lagerlarga sig’ingan rohingya musulmonlari bilan uchrashadi, ularning lagerdagi sharoitini ko’zdan kechiradi, ro’y bergan voqealar haqida jabrlanuvchilarning shahsan o’zidan ma’lumot oladi, qolaversa, ularga Turkiyaning har tomonlama yordam qo’lini uzatishini yetkazadi.

Ma’lumki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ham ushbu delegatsiya tarkibidan o’rin olgan.

Mavlud Chavusho’g’li Bangladeshning poytaxti Dakkada davlat rasmiylari va xalqaro yordam tashkilotlarining faollari bilan uchrashib, rohingya musulmonlarining taqdirini muhokama qiladi.

Shuningdek, Myanma chegarasida joylashgan Cox’s Bazar shahridagi qochqin lagerlarini ko’zdan kechiradi.

 

 



Aloqador xabarlar