Turkiyada 30 avgust g’alaba bayrami nishonlanmoqda

Vatan uchun jonini vido qilgan ulug’ qahramon askarlarning ruhi shod bo’lsin!

798638
Turkiyada 30 avgust g’alaba bayrami nishonlanmoqda

Bugun Turkiyada 30 avgust g’alaba bayrami nishonlanmoqda. 1-Jahon urushida Usmoniy davlatining mag’lubiyatga uchrashi bilan mamlakat tuproqlari tashqi kuchlar tomonidan ishg’ol qilina boshladi.

Shuningdek, Yunoniston qo’shini Anadoluni ishg’ol qilishga kirishdi. Buning oqibatida Ozodlik urushi boshlandi. Bu urush bir necha yil davom etdi. 1922 yilning 30 avgust kuni bosh qo’mondonlik maydon janggida dushman kuchlar tor-mor qilindi.

Bu g’alaba mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi. Turkiya Respublikasi mustaqilligining kafolati bo’lgan qahramon Turkiya Qurolli kuchlarning g’alaba bayrami muborak bo’lsin!

Vatan uchun jonini vido qilgan ulug’ qahramon askarlarning ruhi shod bo’lsin!

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #g'alaba bayrami , #zafar bayrami

Aloqador xabarlar