Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya-Rossiya munosabatlari haqida...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya bilan savdo-iqtisodiy va energetika sohasida aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko’tarish masalasini ilgari surdi.

794423
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya-Rossiya munosabatlari haqida...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 86-Izmir Xalqaro yarmarkazida so’zga chiqdi.

U ma’ruzasida Rossiya bilan savdo-iqtisodiy va energetika sohasida aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko’tarish masalasini ilgari surdi.

“Rossiya bilan nafaqat iqtisodiy aloqalarimizni, balki siyosiy aloqalarimizni ham yuqori pog’onaga olib chiqishga harakat qilyabmiz. Mintaqaviy hamkorligimizni mustahkamlayabmiz. Bulardan biri Suriyadagi hamkorlikdir. Suriya orqali Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi hamkorlik bugungi kunda mintaqada qisman bo’lsa ham sulh bitimini ta’minlash xususida tashabbus ko’rsatilishiga olib keldi. Shu bois, Rossiyaga mintaqaviy hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz”,-deydi Mavlud Chavusho’g’li.

U “Izmir Xalqaro yarmarkasi har yili an’anaviy ravishda biron hamkor davlatning ishtirokida amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasining bu yilgi xalqaro yarmarkaga hamkor davlat sifatida ishtirok etishi asosan, Turkiya va Rossiya munosabatining bugungi holatini ko’rsatadi. Sochiga tashrifimiz chog’ida janob Erdo’g’an bilan Putin Rossiyaning bu yarmarkaga hamkor davlat sifatida qatnashishini qarorlashtirgan edi. Men ham, hurmatli do’stim Aleksandr Novak ham, o’sha yig’ilishda bunga guvoh bo’lgan edik”,-dedi.

Bu yilgi yarmarkada innovatsiya va energetika sohasiga e’tibor qaratilishini aytgan Mavlud Chavusho’g’li Rossiya energetika sohasida Turkiyaning eng muhim hamkori ekanini tilga oldi.

Mavlud Chavusho’g’li yarmarka chog’ida Rossiya bilan boshqa bir qancha masalalarni ham muhokama qilishini tilga olib, “Turkiya va Rossiya o’rtasidagi vizani bekor qilish uchun zarur tashabbuslarimiz davom etmoqda”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar