Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror makonlarini portlatdi

Jangovar samolyotlar tomonidan uyushtirilgan havo operatsiyasida 9 ta terrorist o’ldirildi.

777675
Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror makonlarini portlatdi

Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Zap hududida aniqlangan terror makonlarini portlatdi.

Jangovar samolyotlar tomonidan uyushtirilgan havo operatsiyasida 9 ta terrorist o’ldirildi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Kecha tunda Iroq shimolidagi Zap hududida joylashgan politsiya boshqarmasi bilan harbiy baza territoriyasi bir guruh terroristlar tomonidan portlatilmoqchi bo’lgan. Buning aniqlanishi bilan darhol kerakli chora ko’rilgan va terroristlarga qarshi havo operatsiyasi o’tkazilgan”,-deyiladi bayonotda.

Harbiy bosh shtabi bayonotiga ko’ra, operatsiyada 9 ta terrorist o’ldirilgan.

Jangovar samolyotlarning operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

 



Aloqador xabarlar