Turkiya Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilib olishda qarorli

Ko’rfaz mamlakatlariga bo’lgan safari ortidan Turkiyaga qaytgan Prezident Erdog’an poytaxt Anqaradagi “Esenbog’a” nomidagi aeroportda jurnalistlar savoliga javob berdi.

777044
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilib olishda qarorli

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishga doir Rossiya bilan boshlatilgan uchrashuvlarning yirik qismining tamomlanganligini qayd etdi.  

Ko’rfaz mamlakatlariga bo’lgan safari ortidan Turkiyaga qaytgan Prezident Erdog’an poytaxt Anqaradagi “Esenbog’a” nomidagi aeroportda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishga doir berilgan savolga qarshi Prezident;

“Dunyoning har bir davlati o’z xavfsizligi uchun ma’lum darajada chora-tadbir ko’rishi shart albatta. Buning uchun kerakli vazifalarning bajarilishi ham zarurligini unutmasligimiz darkor. Shu doirada Amerika bilan ham bir qator uchrashuvlar o’tkazdik. S-400 zenit-raketa majmualari ustidan esa kerakli uchrashuvlar bo’lib o’tdi hatto, bu boradagi uchrashuvlarning yirik qismi tamomlandi desak ham bo’ladi. ” dedi.

Aytib o’tish joizki Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford, “Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishi masalasiga qayg’ulangandek gapirgan edi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Dunfordning bu qayg’usini tushunolmas ekan Dunford so’zlariga Pentagon Matbuot kotibi polkovnik Jeff Davis javob berdi.

Davis kundalik o’tkazilgan matbuot anjumanida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasining so’zlari haqida berilgan savolga, buning Turkiyaning qarori ekanligini, Turkiya xohlasa albatta Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishi mumkinligini va hatto buning Turkiyaning tabiiy haqqi ekanligini qayd etdi.

AQShning bu borada Anqaraga qandaydir alternativ asosda taklif berib bermaganligi haqidagi savolga esa Davis, “bu haqidagi uchrashuvlarning tafsilotlariga to’xtalmoqchi emasligini” yetkazdi.

 



Aloqador xabarlar