Prezident Erdog’an Quvaytda Davlat Amiri as-Saboh bilan uchrashdi

Prezident Erdog’an Ko’rfaz mamlakatlariga bo’lgan safarining ikkinchi bekati hisoblangan Quvaytda Davlat Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bilan uchrashdi.

776055

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quvayt Xalqaro aeroportining Amirlik terminaliga borganida as-Saboh tomonidan kutib olindi.

Ortidan ikkala lider yakkama-yakka muloqat qildi. Muloqat roppra-rosa 1 soat davom etar ekan, matbuotga yopiq ravishda o’tdi.

Quvaytning “KUNA” nomidagi rasmiy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra mintaqadagi oxirgi vaziyat va mushtarak muammolar qo’lga olingan uchrashuvda ikkala lider ikki mamlakat manfaatlarini qiziqtirgan mavzularni muhokama qilgan.

Shuningdek do’stona va samimiy muhitda bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi mavjud munosabatlarning barcha tarmoqda, ikki mamlakat xalqlarining manfaatlariga ijobiy tarzda javob beradigan mohiyatda rivojlantirish borasida kelishib olingan.

Prezident Erdog’an ushbu uchrashuv ortidan Quvayt Amiri as-Saboh tomonidan shaxsining hurmatiga berilgan kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi.

Dar Salwa saroyidagi ziyofat ham matbuotga yopiq ravishda o’tdi.

Aloqador xabarlar