Mug’la qirg’oqlarida 6.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Egey dengizining Mug’la qirg’oqlarida Turkiya vaqti bilan soat 01:31 chog’larida 6.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

774971
Mug’la qirg’oqlarida 6.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Egey dengizining Mug’la qirg’oqlarida Turkiya vaqti bilan soat 01:31 chog’larida 6.3 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

Yerning qariyb 7.8 kilometr terangligida kuzatilgan yer silkinishi ortidan roppa-rosa 40 ta seysmik silkinish qayd etildi.

Voqea yuzasidan Gretsiyaning Kos orolida ikki kishi jon berar ekan ularning bir nafarining turk millatiga mansub ekanligi o’rganildi.

“Anadolu” axborot agentligi voqea ortidan keng ko’lamli faoliyat boshlatilganini ma’lum qildi.

Gretsiyaning “ANA-MPA” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra orolning munitsipalitet rahbari Yorgos Kirichish jon berganlardan tashqari ko’pchilikning tan jarohati olganligini qayd etgan.

 



Aloqador xabarlar