Ibrahim Kalin- Harbiy to’ntarish tashabbusidan keyin yana kuchli Turkiya

Turk qo’shinining  ichiga  joylashgan Gulenjilarning qonli bir harbiy to’ntarish tashabbusi va u qorang ‘u kunga  bir yilga to’ldi.

773854
Ibrahim Kalin- Harbiy to’ntarish tashabbusidan keyin yana kuchli Turkiya

Ibrahim Kalin- Harbiy to’ntarish tashabbusidan keyin yana kuchli Turkiya

Turk qo’shinining  ichiga  joylashgan Gulenjilarning qonli bir harbiy to’ntarish tashabbusi va u qorang ‘u kunga  bir yilga to’ldi. 40 yildan ziyod bir muddatdir rejalashtirgan tashabbus 24 soatdan qisqa  bir muddat mobaynida millatning irodasi bilan bartaraf qilindi. Zamonaviy tarixda buning kabi inson- kuch aloqa lahzalari juda oz kuzatilgan bir masala.

Millionlab Turk yurtdoshi o’tgan yoz muvaffaqiyatsiz harbiy to’ntarish tashabbusi  va 250 nafar  ma’sum inson harbiy to’ntaruvchilar tomonidan qatl etilishi, 2 mingdan ziyod insonning esa yaralanishini  esladi. Oilalar bolalariga harbiy  to’ntarish  tashabbusining nima ekanini va Turk qo’shining unifermasini kiygan qurolli odamlar, aslida himoya qilishlari kerak bo’lgan insonlarga qarshi nima uchun o’q uzganini izoh etgan kunni esladilar.  

Bir millat sifatida  yig’ilib harbiy to’ntarish tashabbusini bartaraf qilish biz uchun bir faxr qilish  manbaidir.

Bunga qaramasdan harbiy to’ntarish tashabbusi  yakunlanishidan beri sodir bo’lgan voqealarning ahamiyatini kamsitishga va buning o’rniga Turk hukumatining kelajakda bo’lishi mumkin FETO hujumlariga qarshi olgan chora- tadbirlariga  e’tibor bergan bir sa’y- harakat bilan duch keldik. Turkiyaga qarshi taqdim etilgan  va anglatilganlar  haqiqatlarni o’zgartirmaydi. Siyosiy nazariyasi, jinsiyati nima bo’lsa bo’lsin Turk millati o’tgan 12 oy ichida demokratiyalariga, erkinliklariga va mustaqilliklariga qarshi qilingan ushbu uyalmas harbiy tashabbusning ortidan yangidan oyoqqa turib bir doston yozdilar.

Hukumat favqulodda holat e’lon qilib va davlatda  xodim sifatida ishlayotgani bilingan FETOchilarni lavozimdan chetlashtirib  va bu terroristlarning  shaytoni rejalarini amalga oshirish va himoya qilish uchun yillardir foydalangan maqom kuchidan va davlat manbalaridan mahrum qoldirildi. Bir NATO ittifoqdoshi sifatida qo’shin ichidagi harbiy to’ntaruvchilarni nazoratga olish Turkiyani bir xavfsizlik xavfi bilan duch keltirish iddaosi esa  yolg’on ekanligi isbotlandi. Aksiga Turk qo’shini va Politsiya  xodimlari Gulenchilarning sizishi sababli  mavjud virusdan butunlay tozalanmoqda va bo’lishi kerak bo’lganidek millatga va o’lkaga xizmat qilmoqda.

Harbiy  to’ntarishtashabbusidan faqatgina 6 hafta so’ngra Turk qo’shini bizning sa’y- harakatimiz yordamida Firat- Qalqoni operatsiyasini amalga oshira oldi va Suriyaning  Shimolidagi IShID  terroristlariga katta zarba urdi. Ayni zamonda Turkiya, odam ta’min etishlarini va pul jarayoniga to’sqinlik qilib PKK bilan bir qatorda  boshqa terror tashkilotlariga ham  qarshi muhim qadamlar tashladi.

Ayni zamonda,  Turk iqtisodiyoti muvaffaqiyatsiz harbiy tashabbusga qaramasdan, 2017ning ilk choragida iqtisodiyoti 5 foiz nisbatida o’sdi.

BIST 100 indeksi yanvar oyidan beri 30 foiz nisbatida  qiymati ko‘tarilib  rekord o’rnatdi va sarmoya kirituvchilarni  mukofotlantirdi.  Buning bilan birgalikda Istanbulda dunyoning eng yirik aeroporti insho etilishi va Chanoqq’lada qit’alar ora ko’prik inshooti bilan bir qatorda mega loyihalarga davom etilmoqda. Nihoyat, harbiy to’ntarish tashabbus oqshomi, Markaziy Osiyodan Janubi Amerikagacha, İndoneziyadan Afrikagacha, millionlab Musulmon birodarlarimiz Turkiyani himoya qildi. Turkiyaning farovonligi va huzur- halovati uchun duo qilishdi.

Darhaqiqat, Harbiy tashabbusdan darhol keyin Islom olamidagi ko’plab matbuot tashkiloti va sanoqsiz  Musulmon lider Turkiyani himoya qilganini ochiq ravishda bayon etdi.  

Millionlar, Turk millatiga bo’lgan do’stliklarini ko’rsatish uchun maydonlarni to’ldirdi. Va  masjiddalarni  to’ldirdi. Faqat ko’plab  G’arblik o’lka bu vaziyat qarshisida butunlay   jim-jit qolishi, birdamlik namoyishlariga hatto kichik bir ishora bermasliklari va kechikkan yoki noaniq bir bayonot bermasliklari, insonni o’ylantiradi.

Turkiya, o’tgan yoz amalga oshgan  ushbu harbiy to’ntarishdan beri jasur qadamlar tashladi. Ba’zi Yevropa o’lkalari harbiy to’ntaruvchilarga va hamkorlariga boshpana olib borishiga doir qarorlar taranglikka sabab bo’lsa ham,  Turkiya va yevropa ittifoqi a’zolik jarayonlarini  tezlashtirish uchun ijobiy bir muloqotga  kirishga sa’y- harakat qilmoqda.  Jeneva va Ostona jarayonlari bilan birgalikda Turkiya Suriyadagi minglab insonning hayotiga zomin bo’ladigan va hanuz minglab  insonning o’limiga sabab bo’lgan to‘qnashuvlarga  siyosiy bir yechim topish uchun muhim bir rol o’z zimmasiga oldi. Turkiya Afrika, Yaqin s sharq, Osiyo va Lotin Amerikadagi tashqi siyosatdagi maqsadlarini turlilashtirishga va kengaytishga davom etmoqda.

Turkiya,  chet el investorlar  va  xorijiy hukumatlar uchun, do’st  va ittifoqdoshlar topib o’zaro foyda asosida  loyihalar  ustida faoliyat olib boradigan bir o’lka sifatida qolishga davom etadi. Faqat,  dunyoning qabul qilishi kerak ki, Turkiya, FETOning boshqaruv kadri bilan birgalikda barcha harbiy to’ntaruvchilarni adolatga taslim etish  uchun sa’y- harakatlari tortishuvga  yopiqdir.

Javobgar  bo’lganlarni huquqning ustunligi asosiyga  bog’liq qolib, qonun doirasida sud qilamiz.

Eslashimiz  kerak ki Gulenji harbiy  to’ntarish  tashabbusi bir  ishg’oldir, ishg’ol qilingan faqatgina insonlarning hayotlari va davlat tashkilotlari emas, ayni zamonda yana odil va insonparvar bir dunyo ko’rmoqchi o’n minglab inson uchun umid nuri bo’lgan  Onado’li xalqining yuraklari va zehnlaridir. Gulenjilar ichida bo’lgan va ularning xoinona amallarini haq qiladigan yo’llar topishga harakat qilganlar,  oz sondagi mashhur aybdor uchun bu asl insonlarni va muhim o’lkani boy berish xavfini  ko’zga olmoqdalar. 1

 



Aloqador xabarlar