Al-Soniy, Arab davlatlarining Qatarga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al-Soniy Ko’rfaz muammosining bir kunda hal bo’lishi imkonsiz ekanligini qayd etib, Arab davlatlarining Qatarga bo’lgan muomalasini tanqid qildi.

770880
Al-Soniy, Arab davlatlarining Qatarga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al-Soniy Ko’rfaz muammosining bir kunda hal bo’lishi imkonsiz ekanligini qayd etdi.

Poytaxt Anqarada Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan birgalikda ishtirok etgan matbuot anjumanida al-Soniy, Qatarni qo’llab-quvvatlagani uchun Turkiya Respublikasi Prezidenti va Tashqi ishlar vaziriga minnatdorchilik bildirdi.

Qatarga nisbatan sanksiya kiritgan mamlakatlarning Qatarga bo’lgan muomalasini tanqid qilgan al-Soniy,

“Bu mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Misr) o’zlarining terrorga qarshi kurash olib borayotganligini iddio qilmoqda. Qatar ham terrorga qarshi kurash olib bormoqda. Yurtimizga qarshi kiritilgan sanksiya ortidan shuncha vaqt o’tishiga qaramay ular biz haqimizda iddio qilgan ayblovlarini isbodlaguvchi hech qanday dalil-isbot keltirmadi. Qatar konstruktiv muloqot va hurmat asosida muammoning hal bo’lishini xohlaydi” deya gapirdi.

Al-Soniy shuningdek, Qatarning to’rtta arab qo’shnisi bilan o’rtadagi muammoni hal qilish uchun AQSh va Quvayt bilan uchrashuvlar o’tkazishni davom ettirajaklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Anjumanda so’z olgan Chavusho’g’li, AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning say-harakatini qo’llab-quvvatlaganligini quyidagicha izoh etdi:

“Qatarning va qardosh Qatar xalqining barcha ehtiyojlarini (oziq-ovqat doxil) qondirish uchun birgalikda faoliyat olib bormoqdamiz lekin bunday muammolarning sanksiyalar orqali emas samimiy muhokama va diplomatik yo’llar orqali hal qilinishiga ishonchimiz komil. Shu doirada AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning say-harakatini ham qo’llab-quvvatlashimizni yetkazmoqchiman”.

Ko’rfaz mamlakatlarining Qatardan talab qilgan 13 moddalik ultimatumda o’rin olgan va Qatardagi turk harbiy bazasining yopilishiga atalgan moddaga ham to’xtalgan Mevlut Chavusho’g’li,

“Qatardagi harbiy bazamizni ham o’z ichiga olgan ultimatumni bizning ham qabul qilolmasligimizni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Qatarning terrorga qarshi kurashdagi qarorliligini qolaversa, Turkiyaning terrorga qarshi kurashini ham qo’llab-quvavatlaganliklarini o’z ko’zi bilan ko’rganlardan biriman. Yaqindagina Qatar bilan AQSh o’rtasida qo’l qo’yilgan va terrorga qarshi kurash masalasiga atalgan shartnoma ham asosan Qatarning bu boradagi samimiyatining ko’rsatkichidir” dedi.

Aytib o’tish joizki Ko’rfazdagi muammo joriy yilning 5-iyuni kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn yetakchilarining Qatarning, terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini o’rtaga tashlagan iddiosi ortidan boshlagan edi.

Kamiga Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan bu mamlakatlar uni qayta tiklash uchun Doha rahbariyatiga Turkiyaning Qatardagi bazasini yopish, Eron bilan bo’lgan munosabatlarini uzish va Al-Jazeera telekanalining yopilishi kabi moddalarni o’z ichiga olgan 13 moddalik ultimatum sungan edi.   



Aloqador xabarlar