PKK o'z hunarini bu gal Turkiyaning Bitlis va Hakkari viloyatlarida ko'rsatdi

PKK terror tashkiloti bu gal o’z hunarini Turkiyaning Bitlis viloyatining, Hizan tumani bilan Hakkari viloyatining, Yuksekova tumanida ko’rsatdi.

767175
PKK o'z hunarini bu gal Turkiyaning Bitlis va Hakkari viloyatlarida ko'rsatdi

Turkiyaning Bitlis viloyatining, Hizan tumanida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan oldindan yo’lga joylashtirib qo’yilgan minalarning portlatilishi oqibatida 2 nafar askar shahid bo’ldi. Shahid bo’lgan askarlardan tashqari tinch aholidan 1 kishi og’ir tan jarohati oldi.

Ichida askarlar bor mashina Hazro soyi bo’yidan o’tar ekan PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan oldindan yo’lga joylashtirib qo’yilgan minalar yuqorida ham aytilganidek portlatildi.

Ustiga-ustak, mashina portlatilganidan keyin PKK terror tashkiloti tomonidan mashinaga qarab o’q uzildi va oqibatida to’qnashuv kelib chiqdi.  

Voqeada 2 askar shahid bo’lar ekan, huddi ana shu mashinadagi tinch aholidan bir kishi tan jarohati oldi.

Portlash ortidan mintaqada keng ko’lamli amaliyot boshlatildi.

Turkiyaning Hakkari viloyatining, Yuksekova tumanida ham PKK terror tashkiloti, qishloq xo’jaligi mashinalarini tashigan konvoyga qarshi hujum qildi.

Hujumda 4 kishi jon berar ekan, 1 kishi tan jarohati oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #shahid , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar