Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot o'tkazdi

Suhbat chog’ida, Turkiya-Saudiya Arabistoni aloqalarini yanada rivojlantirish xususida kelishib olindi.

757501
Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot o'tkazdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud va yangi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan telefonda muloqot o’tkazdi.

Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistonida valiahd shahzodaning o’zgarishi kabi ba’zi yangiliklar mamlakatga yaxshilik olib kelishiga tilakdosh ekanini aytdi.

Suhbat chog’ida, Turkiya-Saudiya Arabistoni aloqalarini yanada rivojlantirish xususida kelishib olindi.

Shuningdek, mintaqada Qatar bilan bog’liq yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni samarali olib borish bo’yicha kelishib olindi.

Erdo’g’an shahzoda Muhammad bin Salmonga yangi lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lum bo’lishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an bilan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon 7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida bo’lib o’tadigan G-20 sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashishni qarorlashtirdi.

 

 



Aloqador xabarlar