Turk askari Qatarga yetib bordi

Qatar mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, turk askarlari birinchi harbiy mashg’ulotini “Tarik Bin Ziyod” harbiy bazasida amalga oshirdi.

755302
Turk askari Qatarga yetib bordi

 

Turkiya-Qatar mushtarak tadbiqoti uchun Qatarga jo’nab ketgan turk askarining yarmi poytaxt Dohaga yetib bordi.

Qatar mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, turk askarlari birinchi harbiy mashg’ulotini “Tarik Bin Ziyod” harbiy bazasida amalga oshirdi.

Ma’lum bo’lishicha, Turkiya-Qatar mushtarak harbiy tadbiqoti Qatar inqirozidan oldin rejalashtirilgan.

Bu tadbiqot ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlarining bir bo’lagi hisoblanadi.

Xozirda Qatardagi harbiy bazada 200ga yaqin turk askari xizmat o’tamoqda.



Aloqador xabarlar