Turkiyaning PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi doirasida oxirgi bir hafta mobaynida roppa-rosa 60 nafar terrorist yo’q qilindi.

754383
Turkiyaning PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Bir haftada 60 nafar PKK terror tashkiloti a’zosi yo’q qilindi.

Amaliyotlar Turkiyaning Shirnak, Hakkari, Diyarbakir, Bingo’l, Elazig’, Mardin va Siirt viloyatlarida uyushtirildi.

Amaliyotlarda ko’plab qurol va portlaguvchi modda qo’lga kiritildi.

Terroristlar tomonidan foydalanilgan 52 ta boshpana, g’or va omborxona ham foydalanishdan chiqarildi.

PKK terror tashkilotining moliyaviy manbaalariga qaratilgan amaliyotlarda ko’plab marixuana, narkotik modda, nasha va kontrabanda sigaret topildi.

Chegaralardan noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan 5 ming 617 kishi qo’lga tushdi.

Ayniqsa Shirnak bosh bo’lish bilan birga yurtning sharq viloyatlarida uyushtirilgan keng ko’lamli amaliyotlarda qo’lga kiritilgan qurol-yaroqlar va o’q-dorilar bilan yo’q qilingan terroristlar soni nazarda tutilganida, olib borilgan amaliyotlarning ijobiy natijasi kun o’tgan sayin ortib bormoqda.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha: “PKK terror tashkiloti oxirgi kunlarda eng og’ir zarbaga duch kelgan, a’zolarining ko’pchiligidan ayrilgan, yangi a’zolar topolmagan, ayniqsa lider kadridagi yo’qotishlari oqibatida qiyin ahvolda qolgan”.

Suriyaning shimolida amalga oshirilgan amaliyot doirasida ham Azez va Jarablus o’rtasidagi 243 turar-joy va 2 ming 15 kvadrat kilometrlik maydon nazorat ostiga olingan.

Suriyaning al-Bob tuman markazi bilan birga Kabbasin va Bzagah mintaqalarida atrof-muhitni portlaguvchi modda va minalardan tozalash faoliyatlari olib borilgan. PKK/ PYD a’zosi terroristlarning Afrindan sharqga, Manbijdan g’arbga qarshi hujum qilish ehtimoliga qarshi chora va tadbir ko’rish faoliyatlariga esa davom etmoqda. .   

 



Aloqador xabarlar